Polsha sayyoh nigohi bilan

08.04.2021

Bu safar, “A to Polska właśnie…” loyihasi doirasidagi navbatdagi uchrashuvimizda biz Polsha haqida suhbatlashdik.

Biz Krakov va Varshava, Torun va Gdansk, Malbork va Vrotslavlarning mashhur sayyohlik joylarini esladik, shuningdek Polshaning umuman noma’lum burchaklari haqida bilib oldik. Bundan tashqari Polsha haqidagi o’z hikoyalarimiz, u bilan bog’liq bo’lgan xotiralarimiz bilan o’rtoqlashdik va uni yana ko’rishga umid qildik.

Krakov pedagogika universiteti talabasi Fabian Kotsotsiz ushbu ajoyib onlayn sarguzashtni amalga oshirish mumkin emas edi.

Va yangi uchrashuv uzoq emas. Bizning e’lonlarimizni kuzatib boring!